05 apr 18:18
Yangiliklar
CHarlz Oliveyra Maxachevga qarshi revansh jangidan voz kechishga tayyor. Nega?
Bu haqida braziliyalik jangchining murabbiyi Diego Lima malum qildi.
«Konorga qarshi jang qilish imkoniga ega bo'lsak, ajoyib ish bo'lardi. Professional va pul jihatdan unga qarshi jang qilish daxshatli voqea bo'lardi. Agar biz Carukyanga qarshi jangdan so'ng Konor bilan yarimo'rta vazn toifasida jang qilish imkoniga ega bo'lsak, Islamga qarshi to'qnashuvdan voz kechamiz. Konorni mag'lub etish orqali chempionlik jangiga davogarga aylanish imkoniyatiga ham ega bo'lamiz.
Konor «Xalqaro jang haftaligi»da oktagonga ko'tarilish niyatida ekanligini malum qildi. Ko'ramiz, nima bo'ladi? Arman kuchli jangchi, hozir bor etiborimizni ushbu jangga qaratganmiz»,- dedi Lima.
Eslatib o'tamiz, Arman Carukyan va CHarlz Oliveyra jangi 13 aprel kuni UFC 300 kechasida tashkil etiladi.
Fikrlar