07 may 08:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/217604_220.jpg)
CHarlz Oliveyra UFC tarixidan joy oldi
CHarlz Oliveyra UFC 274 kechasidan avval tashkil etilgan vazn o'lchash marosimida belgilangan vaznni qila olmadi va chempionlik kamaridan mahrum bo'ldi.
SHu tariqa, braziliyalik jangchi UFC tarixida ilk bor vazn qila olmagani sababli chempionlik kamaridan mahrum bo'lgan jangchiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, UFC'ning engil vazn toifasidagi limit — 70,3 kg hisoblanadi. CHarlz Oliveyra esa belgilangan limitdan atigi 200 gramm ko'proq tosh bosgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar