22 okt 09:09
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra UFC yarimengil vaznga qaytish uchun o'z shartlarini aytdi
Engil vaznda UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra yarimengil (65 kggacha) vaznga qaytish uchun o'z shartlarini aytdi.
CHarlz Oliveyra bugun rossiyalik Islam Maxachev bilan jang qiladi.
"Avvalo, jamoam va men kelgusi ishlarga etibor qaratishimiz kerak. Bu jangga kelsak, Braziliyada jang qilish navbatim keldi.
Agar men va Volkanovski o'rtasidagi jang bo'lib o'tishiga ishonch hosil qilsak, bizda ikkita variant bo'ladi - engil vaznda va yarimengil vaznda jang qilish. Ikki vazn toifasida jang qilamiz. Fevral oyida Avstraliyada jang qilishim mumkin, ammo uning kamari uchun", - dedi CHarlz matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar