10 dek 12:15
Yangiliklar
Boks/MMA

CHarlz Oliveyra Xabibning gaplariga javob berdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra Xabib Nurmagomedovning fikriga javob qaytardi.
"Meni bunday gap so'zlar xavotirga solmaydi. Odamlar istagan narsasini o'ylashi mumkin. Hammaning o'z fikri bor. Men esa Xabib yanglishganini isbotlayman va kamarimni o'zimda saqlab qolaman. Ochig'ini aytganda, Xabibning gapiga tupurganman. U faoliyatini yakunlagan va uning fikrlari umuman ahamiyatsiz",-dedi CHarlz Oliveyra.
Eslatib o'tamiz, Xabib Oliveyra-Pore jangida Dastini favorit sifatida aytgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar