07 may 11:19
Yangiliklar
CHavandozlarimiz jamoaviy yo'nalishda yana tengsiz bo'lishdi
Unda sportchilar “Maxima Masters Eurasia Team Competition” dasturida g'oliblik uchun bahs olib borishdi.
Ushbu jamoaviy yo'nalishda o'zbekistonlik chavandozlar yana bir bor mahorat ko'rsatib, eng yuqori natija ko'rsatishga muvaffaq bo'lishdi va oltin medallarni qo'lga kiritishdi. Bellashuvlarda Alisher Erkinov, Umid Kamilov, Azam Tolibboev va Xurshidbek Alimjonov yurtimiz sharafini himoya qildilar. Ikkinchi o'rin Qozog'iston jamoasiga nasib etgan bo'lsa, qirg'izistonlik sportchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Eslatib o'tamiz, ot yo'rttirish bo'yicha o'tgan jamoaviy dasturda ham yurtdoshlarimiz birinchi o'rinni egallashgan edi. SHuning bilan Toshkent ikki hafta davomida mezbonlik qilgan xalqaro musobaqalar o'z yakuniga etdi.
Fikrlar