14 apr 10:26
Yangiliklar

CHel Sonnen: Sterling Yanni barcha raundlarda mag'lub etishi mumkin edi
CHel Sonnen Aljameyn Sterlingning Petr Yan ustidan qozongan g'alabasini munosib deb hisoblaydi va uning hamyurti rossiyalik sportchiga qarshi barcha raundlarda g'alaba qozonishi mumkinligiga ishonadi.
«Men Sterlingning eng yaxshi formada bo'lganiga va maksimal darajasini ko'rsatganiga ishonchim komil emas. Nazarimda, Sterling qo'lidan keladigan hamma ishni qilganiga meni ishontirish siz uchun qiyin bo'ladi, chunki u besh raundlik jangda ataylab ikki raunddan voz kechganiga o'xshadi. Agar u beshtasida ham g'alaba qozonishni istasa, buni uddalay olardi.
Yan hamma narsani to'g'ri qildi. U tezkor edi va har bir poziciya uchun kurashdi. Petr strategiyani birinchi raunddan to'rtinchi raundga o'zgartirdi, muayyan tuzatishlar kiritdi. SHunchaki, Sterling juda yaxshi harakat qildi», - dedi Sonnen.
Fikrlar