06 iyu 16:41
Yangiliklar
Futbol
"CHelsi" ikki futbolchisini Olimpiadaga qo'yib yubormaydi
"Aristokratlar" Mixaylo Mudrik va Enco Fernandesga ruxsat berishmadi.
Londonning "CHelsi" klubi yarim himoyachilar Mixaylo Mudrik va Enco Fernandesning 2024 yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishiga ruxsat bermaydi, deb xabar bermoqda "Daily Mail".
Xabar qilinishicha, klub futbolchilarning yangi bosh murabbiy Enco Mareska qo'l ostidagi mavsumoldi mashg'ulotlarining muhim bosqichini o'tkazib yuborishlarini istamaydi. Mareskaning o'zi ham klubning barcha futbolchilari ixtiyorida bo'lishini istagan bo'lardi.
Olimpiya o'yinlari dasturidagi futbol musobaqasi FIFA tomonidan belgilangan sanalarda o'tkazilmaydi, shuning uchun klublar unda ishtirok etish uchun futbolchilarni qo'yib yubormaslik huquqiga ega.
Havola :
Fikrlar