So’nggi yangiliklar

22:35Асадбек Самандаров Дакар Олимпиадасининг кумуш медали соҳиби 0 22:31Дакар-2026: Паризода Талабова кумуш медалга сазовор бўлди 0 20:30Ўзбекистонлик трамполинчилар Нанкиндаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 19:59Формула-1. Ландо Норрис — Бразилия Гран-приси ғолиби! 0 19:28Футзал. Ўзбекистон Тожикистонга жавобсиз учта гол урди 0 18:57Екатерина Гейниш Ўзбекистон терма жамоасини тарк этиб, яна Россия сафига қайтди 0 18:26Арман Царукян Пётр Яннинг ярим енгил вазнга ўтиш шартини айтди 0 17:55Трамп UFC раҳбарига Оқ уй матбуот котиби лавозимини таклиф қилганини ҳазил деб атади 0 17:24АПЛда илк истеъфо яқин. Жамоага янги мураббийликка номзодлар ҳам маълум — The Athletic 0 16:53Шавкат Раҳмонов жароҳати қайталангани ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:21Хоккей бўйича Осиё чемпиони аниқланди 0 15:50Шоҳасан Мирзаматов Octagon 94 турнирида жанг қилади 0 15:19Флик "Барселона"нинг Ла Лигада "Атлетико" устидан қозонган ғалабасидан сўнг нималар деди? 0 14:48Zagreb Grand Prix 2026 учун таркибимиз тасдиқланди: Диёра ва Давлат ҳам Хорватияга боради! 0 14:17Гэтжининг менежери Топурияга қарши реваншни истисно қилди: "Унинг акаси ҳаётини сақлаб қолди" 0

10 mar 19:35
Yangiliklar

Futbol, Muaytay, Qiziqarli!

“CHelsi” sobiq futbolchisining bir qo'lli o'g'li - muaytay jangchisi. U raqiblariga bardosh bermoqda va hali mag'lub bo'lmasdan otasini ruhlantiradi

Teglar :  MuaytayCHelsi
U futboldan keyin Kanadada ruhoniylik qildi.

Gevin Pikok “CHelsi”, “KPR”, ”Nyukasl” klublarining sobiq yarim himoyachisi. 90-yillarda Gevin ushbu jamoalarda yuzlab o'yinlarda qatnashgan. SHuningdek bir qancha kichik jamoalarda ham faoliyat olib borgan. Xususan, 1989 yilda Xarri Rednapp uni 250 ming funtga “Bornmut”ga sotib oladi. 1993 yilda Gevinni “Nyukasl”dan “CHelsi”ga 1,5 millionga sotib olishadi. 



Umuman olganda Pikok 540 ta o'yinda qatnashib 108 ta gol urdi va 2002 yilda faoliyatini yakunlaydi. Biroz vaqt BBCda ekspertlik qiladi, Evro-2008dan keyin Kanadada ruhoniylik qilish uchun oilasi bilan ko'chib ketdi.  Bu futbolchi uchun yorqin kelajak emas. Gevin hozir Kalgaridagi cherkovda ruhoniy, shuningdek u ”Buyuk maqsad” kitobi muallifi. 

Pikokning oilasida sportchilar ko'p bo'lgan. Otasi “CHarlton” afsonasi (Gevinning o'zi ham faoliyatining oxirida shu jamoada o'ynagan) 500dan ortiq o'yinlarda qatnashgan, otasining amakivachchasi esa 50-yillarda “Nyukasl”da zaxirada faoliyat olib borgan. Pikokning Jeyk ismli o'g'li va Ava ismli qizi bor. O'g'li tug'ilganda o'ng qo'li bo'lmagan, lekin bu uning professional sport bilan shug'ullanishiga to'siq bo'la olmadi. 



Jeyk “Ota-onam doim o'zgacha bo'lishgan”, deb aytadi. Ular bir qo'lsiz tug'ilishimni bilishmagan, dunyoga kelganimda esa hayratda qolishgan. Ota-onam turli narsalar bilan shug'ullanishimga hech qachon halaqit bermagan. Hech qanday to'siqlarsiz, o'z ustimda ishlab ulg'aydim. 


Odatda jangdagi qobiliyatim raqiblarimnikidan farq qiladi. Men yaqinlashish uchun oyog'imni tez-tez ishlataman va yaqin kelganimda o'ng qo'lim bilan zarba berishim mumkin bo'ladi. Men uni jeb yoki tirsak sifatida ishlatishim mumkin.

Jeyk Kalgarida o'zining sport zalini boshqaradi, shuningdek u 12 fevral kuni ota bo'ldi. Farzandining tug'ilishi munosabati bilan Vayomingdagi beshinchi jangi, yani birinchi marta UFC Fight Pass’da namoyish qilishi rejalashtirilgan musobaqasini o'tkazib yuborishi kerak edi. Lekin Jeyk jarohat oldi va farzandi CHarlining dunyoga kelishida uning yonida bo'ldi.



Hozir unda eng yaxshi muaytay bokschilari qatnashadigan "Lion Fight" tashkiloti bilan bir nechta shartnoma bor. Pikok o'g'li bilan faxrlanishini yashirmaydi: 

”U dunyoga kelganida kindigi bo'yniga o'ralib qolgan va bir qo'li yo'q edi. Buni ko'rib oyoqlarim ostida er o'pirilganday bo'ldi. Jeyk oilamizda 20 yildan ko'proq kutilgan farzand edi va u sportchi bo'lib ulg'aydi. Biz bolalarimizni hech qachon erkalatmaslikka qaror qilganmiz, chunki hayot qiyinchiliklarga to'la, agar farzandingizni bulardan himoya qilmoqchi qilsangiz, ular sizning himoyangizdan uzoq bo'lganda bularga bardosh bera olmaydi.

Bir marta Jeykni o'zidan kuchli yigit bilan kurash qilganini kuzatdim. U mag'lub bo'lishi mumkin edi, biroq harakat qilishdan to'xtamadi. Uyga qaytayotganimizda menga bu jang avvalgi g'alabalariga qaraganda ko'proq tasir qilganini aytdim va u bilan hammasi yaxshi bo'lishini tushundim. 



Jeyk odamlar uni bir qo'lli jangchi deb emas, balki yaxshi jangchi sifatida qarashlarini xohlaydi. Biroq uning bir qo'lli bo'lgani uni yanada jozibali qilib ko'rsatishi fakt. Farzandim ko'pchilikni va meni ham ilhomlantiradi. U bunga katta ahamiyat berishni istamaydi, ammo biz hammamiz u bilan faxrlanamiz”.

Sports.ru sayti asosida Ozoda Qayumova tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing