23 apr 18:09
Yangiliklar
Futbol

"CHelsi" so'nggi 6 transfer oynasida APLda eng ko'p zarar ko'rdi – 949 mln evro. Qolganlarchi?
Londonning "CHelsi" klubi so'nggi 6 ta transfer oynasida Angliya Premer ligasida eng ko'p mablag' sarflagan jamoa bo'lib turibdi.
CIES Football Observatory malumotlariga ko'ra, ko'rsatilgan davrda (oxirgi 3 yil) "ko'klar" transfer bozorida tushumdan 949 million evro ko'proq sarflagan.
APL klublari orasida eng katta salbiy balansga ega ikkinchi o'rindagi jamoa "Manchester Yunayted" (543 million evro), uchinchi o'rinda "Tottenxem" (427 million evro).
"Arsenal" balansi -302 million evro (5-o'rin), "Liverpul" balansi -178 million evro (8-o'rin) deb baholangan.
Transfer daromadlari va xarajatlari bo'yicha ijobiy balansni APLda faqat ikki klub ko'rsatdi – "Everton" (85 million evro) va "Lester" (22 million evro).
Havola :
Fikrlar