08 mar 16:49
Yangiliklar
"CHelsi"da "katta tozalash" bo'ladi
"The Telegraph" xabiriga ko'ra, kelayotgan mavsum oralig'ida "CHelsi"ni o'ndan ortiq futbolchi tark etishi mumkin. Per-Emerik Obameyang ketishiga shubha yo'q. SHuningdek, londonliklar Hakim Ziesh, Kristian Pulishich, Kay Xaverc, Eduar Mendi, Meyson Maunt, Mateo Kovachich, Ruben Loftus-CHik, Konor Gallaxer, Trevo CHaloba va ijarada o'ynayotgan Denis Zakariyani qo'yib yuborishga tayyor.
"CHelsi" Romelu Lukaku bilan shartnomadan xalos bo'lishni xohlaydi, ammo "Inter" belgiyalik futbolchining ijara muddatini uzaytirishga rozi bo'lish-bo'lmsligi aniq emas.
"CHelsi" rahbariyati jamoada birinchi navbatda yangi xo'jayin Todd Boeli qo'l ostida sotib olingan futbolchilarni saqlab qolmoqchi, chunki ular CHempionlar Ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan taqdirda maoshlarini qisqartirishlari mumkin. "Ko'klar" sotmoqchi bo'lgan futbolchilarning aksariyati Roman Abramovich davrida xarid qilingan.
Fikrlar