01 fev 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Artur Sankt-Peterburgda jang o'tkazadi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida IBF va WBC yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev avgust oyida Sankt-Peterburgda ringga chiqadi.
Bu haqida Rossiya boks federaciyasi bosh direktori Umar Kremlyov xabar berdi.
"Beterbiev avgust oyida Sankt-Peterburgda jang o'tkazadi. Biz bu mavzuni muhokama qilib, yakuniy xulosaga kelib oldik. Hozir uchun chempionlik kamarini himoya qilishi kerak", - deya Kremlyovning so'zlarini keltirmoqda TASS.
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli Beterbiev navbatdagi jangini 28 mart kuni Kanadaning Kvebek shahrida o'tkazadi. Bo'lajak jangda Qirol Artur IBF kamarini xitoylik Men Fanlundan himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar