10 jan 10:08
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion CHarlz Oliveyra boshqa vaznda jang qilishga tayyor
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi CHarlz Oliveyra navbatdagi jangini boshqa vaznlarda o'tkazishi mumkin.
"Men hech qachon 145 funtga tusha olmayman, deb o'ylardim. Lekin oxirgi jangimda qiyinchiliksiz 155 funt qildim, demak bundan-da pastroq vaznga tusha olaman. Agar menda yarim engil vazn toifasida UFC kamari uchun jang qilish imkoniyati yuzaga kelsa, bundan foydalangan bo'lardim.
Bundan tashqari o'zimning vaznimdan bitta tepaga ko'tarilishga ham tayyorman. Men braziliyalik erkak yakkakurash ustalari orasida birinchi bo'lib ikki vazn chempioni bo'lishni istayman", - dedi Oliveyra.
Malumot uchun, braziliyaliklar orasida Amanda Nunes birinchi bo'lib ikkita vaznda UFC chempioni bo'lgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar