24 avg 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempion Nemkov Beyderning revansh haqidagi so'roviga javob berdi
Yarim og'ir vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni Vadim Nemkov ushbu kamarning sobiq egasi Rayan Beyderga qarshi revansh jangi o'tkazadimi?
Rossiyalik chempion bu savolga javob berdi. U yakshanba tongida o'tkazilgan turnirning markaziy jangi ikkinchi raundida Beyderni texnik nokautga uchratgan edi.
"Agar bu jang Bellator uchun qiziq bo'lsa, men revansh jangiga tayyorman. Lekin o'ylashimcha, bu jang endi omma uchun qiziq bo'lmaydi. Jang qilgan taqdirimda ham bu Beyderning og'ir vazndagi kamari uchun bo'ladi", — dedi Nemkov.
Malumot uchun, 28 yoshli Nemkov MMAda 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alabaga erishgan. To'qqizta jangni muddatidan avval yakunlagan. Hisobida ikkita mag'lubiyat bor. 37 yoshli Beyder esa 27 g'alaba, 6 mag'lubiyat qayd etgan. Yana bitta jang o'tkazilmagan deb topilgan.
Havola :
Fikrlar