17 okt 09:56
Yangiliklar

CHempion Nemkov ishtirokidagi jangdan so'ng ikkinchi finalchi malum bo'ldi
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida Bellator chempioni, rossiyalik 29 yoshli Vadim Nemkov litvalik 30 yashar davogar Julius Englikasga qarshi oktagonga ko'tarildi. Julius jarohat olgan va "Rambl" laqabi bilan mashhur bo'lgan 37 yoshli Entoni Jonsonning o'rnini egallagandi.
Gran-Pri turnirining yarim finalidan o'rin olgan va besh raundga mo'ljallangan ushbu jang to'rtinchi besh daqiqalikda yakunlandi. Vadim Nemkov og'ritish usuli bilan raqibini mag'lub etdi va kamarini himoya qilish bilan bir qatorda Gran-Pri finaliga ham yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jangdan avval o'tkazilgan ikkinchi yarim final to'qnashuvida amerikalik 32 yoshli Kori Anderson 51 soniyada 38 yoshli vatandoshi, sobiq ikki vazn chempioni Rayan Beyderni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar