13 noy 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
CHempion Pereyra: "Menga keyingi raqibni bering"
UFCning o'rta vazn toifasidagi yangi chempioni Aleks Pereyra Israel Adesanyani mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"CHempion bo'lish avvaldanoq peshonamga yozilgandi. Men buni amalga oshirish uchun ko'p mehnat qildim, bor kuchimni berdim. Men tomondan tresh-tok bo'lgani uchun uzr so'rayman, ammo bu bolakayning boshiga kirib chiqishim kerak edi.
Jang og'ir bo'ldi. Ammo Glover Teysheyra aytganidek, men har bir mashg'ulotda jang qildim. Men tayyor edim. Menga tajriba etmaydi deb hisoblaydiganlar, o'zimni boshqa divizionda sinab ko'rishni tavsiya qilganlar - bugun nima qilganimni yana bir ko'ring. Muammosiz besh raund jang qildim. Menga keyingi raqibni bering", - dedi Pereyra.
Eslatib o'tamiz, Pereyra bugun UFC 281 turnirida Adesanyani nokautga uchratdi va o'rta vazn chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar