30 avg 11:10
Yangiliklar
CHempion Pereyraning raqibi Xalil Rauntri diskvalifikaciya qilindi, ammo...
Xalil 4 may kuni doping uchun topshirgan test tahlili ijobiy natija bergan. Uning steroid gormoni uchun tahlilida degidroepiandrosteron moddasi aniqlangan. Komissiya Rauntriga to'rt yarim oylik diskvalifikaciya jazosini qo'lladi.
SHunga qaramay, amerikalikning yarimog'ir vazn toifasi chempioni, braziliyalik Aleks Pereyraga qarshi jangi o'z kuchida qoldi. Sababi, diskvalifikaciya muddati chempionlik jangiga qadar yakuniga etar ekan. Pereyra - Rauntri jangi 5 oktyabr kuni Solt-Leyk-Siti shahrida o'tkaziladigan UFC 307 turnirining markaziy jangi bo'ladi.
Gap shundaki, Xalil Rauntri o'zi tashabbus ko'rsatib test topshirgan. Uning organizmiga taqiqlangan preparat sport qo'shimchalari orqali tushib qolgan. Ishlab chiqaruvchi o'zi bilmagan holda Xalilga ushbu mahsulotni etkazib bergan.
Fikrlar