12 apr 07:19
Yangiliklar

CHempion Volkanovski UFC'ga iltimos bilan murojaat qildi
"CHempionlik kamarimni Avstraliyada himoya qilmoqchiman. Uyda hammasi yaxshi. Avstraliyada kamarimni himoya qilishga ijozat bering. O'ylashimcha, men bunga loyiqman. Bizda katta boks oqshomlari o'tkazilgan. Nega UFC turniri bo'lmasligi kerak?", - deya Volkanovskining so'zlarini keltirmoqda Daily Mail.
Volkanovski 2018 yilning fevralidan beri o'z uyida jang o'tkazmagan. Avvalroq, UFC prezidenti Dana Uayt koronavirus tufayli Avstraliyada promouterlik turniri o'tkazishdan bosh tortgandi.
Eslatib o'tamiz, 10 aprel kuni UFC 273 turnirining asosiy jangida Volkanovski koreyalik CHon CHxan Sonni texnik nokaut bilan mag'lub etgandi. UFC'da umumiy hisobda 23:1 natija qayd etgan 33 yoshli jangchi ketma-ket 21-g'alabasiga erishgandi.
Fikrlar