09 avg 08:26
Yangiliklar
CHempionat boshlanishga besh kun qolganida APL jamoalarining birida bosh murabbiyi istefoga chiqdi
Ispaniyalik mutaxassis ingliz jamoasida o'n oy ishladi. U o'tgan mavsumda jamoasi bilan chempionatning o'n uchinchi pog'onasini egallagandi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, murabbiy va klub o'rtasida ayrim masalalarda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Tomonlar kelishuvni bekor qilish eng to'g'ri yo'l deb bilgan. Muzokaralar bir necha hafta davom etgan va bu vaqt oralig'ida ingliz klubi yangi bosh murabbiy izlashgan. Klub matbuot xizmatining malum qilishicha, Xulen Lopetegi jamoani mavsumga tayyorlab qo'yadi.
Xulen Lopetegi bilan birgalikda uning shtabida ishlagan olti nafar mutaxassis ham jamoadan ketadi.
Eslatib o'tamiz, “Vulverxempton” APLning birinchi turida “Manchester Yunayted”ga qarshi 14 avgust kuni maydonga tushadi.
Fikrlar