23 jan 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA

CHempionlik kamarini qaytarib olgan Figeredo g'alabadan so'ng nimalar dedi?
Endilikda o'ta engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Deyvison Figeredo sobiq chempion Brendon Morenoni mag'lub etganidan so'ng o'z xursandchiligi bilan o'rtoqlashdi.
"Bugun mening kunim edi. Morenoga ajoyib jang uchun minnatdorchilik bildiraman. Menga ishonch bildirganlarga rahmat. Ularning ishonchini oqlaganimdan xursandman. To'rt oy davomida oilamdan uzoqda yashadim, ular uchun ham jang qilishim kerak edi.
Avvalgi jangimda mag'lub bo'ldim. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqarib, yanada kuchli bo'lib qaytishim kerak edi va buni uddaladim. Bu g'alabamda Genri Sexudoning o'rni ham juda katta. SHu erga etib kelishimga yordam bergan har bir murabbiyimga rahmat aytaman. Morenoga qarshi Meksikada revansh o'tkazishga tayyorman", - dedi Figeredo.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar