03 apr 16:12
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler Makgregor bilan jang qilish niyati borligini aytdi
Engil vaznda Bellator sobiq chempioni Maykl CHendler ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor bilan jang qilish rejasi borligini aytdi.
"Bu meni qiziqtiradigan jang. Men Konor bilan jang qilishni xohlayman. Oktagonga chiqaman va u bilan tarixiy jang qilaman. Bu qarama-qarshilik katta qiziqshga sabab bo'ladi. Makgregor bilan jangdanda hayratlanarlirog'i bormi?
Iyul, avgust men uchun ajoyib vaqt. Tonini may oyida mag'lub qilaman. Keyin menda tiklanish uchun biroz vaqt bo'ladi, so'ngra iyul, avgust oylarida jang uchun mashg'ulotlarni boshlayman. Vaqt ideal. Agar u qaytsa-yu, chempionlik jangini ololmasa, unga unvon uchun jang qilishga kimdir kerak bo'ladi. O'ylashimcha, men eng yaxshi nomzodman", - deya CHendlerning so'zlarini keltiradi BJ Penn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar