13 apr 10:59
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendler UFC'da ketma-ket uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi
UFC chempionligi uchun sobiq davogar hisoblangan Maykl CHendler bugun Mayamida o'tkazilgan turnirda Peddi Pimblettga imkoniyatni boy berdi.
U UFC 314 turniridagi jangning 3-raundida texnik nokaut evaziga mag'lub bo'ldi.
Bu orqali uning mag'lubiyatli seriyasini uchtaga etdi. Bungacha u CHarlz Oliveyraga ochkolar evaziga, Dastin Porega esa sambishn bilan mag'lub bo'lgandi.
30 yoshli CHendlerning rekordi endi 23 ta g'alaba va 10 ta mag'lubiyatni tashkil etadi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar