12 apr 16:57
Yangiliklar

CHendler va Pimblettning ham ertangi jang uchun gonorarlari oshkor bo'ldi
Oqshomning co-main event jangi engil vazn toifasida sobiq Bellator chempioni, amerikalik Maykl CHendler hamda britaniyalik aralash yakkakurash ustasi Peddi Pimblett o'rtasida o'tkaziladi.
Malumotlarga ko'ra, CHendler ertangi jang uchun kafolatlangan 500 000, Pimblett esa 400 000 AQSH dollari miqdorida gonorar oladi.
Maykl o'tgan yilning 17 noyabr kuni Nyu-Yorkda o'tgan UFC 309 turnirida sobiq UFC chempioni braziliyalik CHarlz Oliveyraga qarshi revansh jangi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi. Pimblett esa 6 ta g'alabali seriya bilan kelmoqda. U Manchester mezbonlik qilgan UFC 304 turnirida amerikalik King Grinni birinchi raunddayoq bo'g'ish usuli bilan mag'lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar