05 apr 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
"CHendler yutqazsa, faoliyatini yakunlaydi" - UFC sobiq jangchisi
UFC sobiq jangchisi CHeyl Sonnen Maykl CHendler va Maurisio Ruffi o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.
"Agar CHendler Ruffiga yutqazsa, u faoliyatini yakunlaydi. Buning ehtimoli katta. Va bu to'liq uning qarori bo'lmasligi ham mumkin. CHendler 38 yoshda, u Paramount bilan hamkorlik qiladi va sharhlovchilar jamoasining bir qismi bo'ladi.
Agar u mag'lub bo'lsa, unga: "Gapni eshit, endi senda titul uchun imkoniyatlar yo'q”, deyishadi. Va ehtimol, u: “Haqiqatdan ham shunday”, deb javob beradi", — dedi Sonnen.
Eslatib o'tamiz, CHendler va Ruffi o'rtasidagi jang 14 iyun kuni Oq uy hududida bo'lib o'tadigan UFC Freedom 250 turniri doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Red Corner MMA
Fikrlar