05 jan 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

CHendlerning UFC'dagi debyut sanasi va raqibi malum
Engil vaznda sobiq Bellator chempioni Maykl CHendler 23 yanvar kuni UFC promoushenida debyut qiladi.
Xabarda aytilishicha, Maykl Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da o'tkaziladigan UFC 257 turnirida oktagonga ko'tariladi. CHendlerning raqibi Den Xuker bo'ladi. Ayni paytda Maykl mashg'ulotlarga zo'r bergan.
Avvalroq, CHendlerning ilk jangi Jastin Getjiga qarshi o'tkazilishi mumkinligi aytilgandi. Keyin raqib nomi o'zgardi - CHarlz Oliveyra. Lekin Oliveyra qisqa muddatda jangga tayyor bo'la olmasligini aytganidan so'ng, bu jang ham barbod bo'lgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar