23 sen 13:53
Yangiliklar
Tennis
Chengdu Open. Muzetti qatorasiga ikkinchi yil finalda o'ynaydi
Xitoyning CHendu shahrida o'tkazilayotgan tennis turnirida finalchilar aniqlandi.
Dunyoning to'qqizinchi raketkasi bo'lib turgan Lorenco Muzetti qatorasiga ikkinchi yil ham musobaqaning finaliga yo'l oldi. Italiyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 96-pog'onada borayotgan qozog'istonlik Aleksandr SHevchenkoga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/3, 6/1.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob 2:0 ko'rinishiga keldi. Oltmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 3 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ham bir xilda bo'ldi - 1 tadan. Muzetti breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik qildi - 4 ga 0.
Bugun Lorenco Muzetti Chengdu Open turniri bosh sovrini uchun chililik Alexandro Tabiloga qarshi kortga chiqadi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar