15 sen 10:01
Yangiliklar
Taekvondo
CHiba Gran-prisi. Nikita Rafalovich chorak finalga chiqdi!
Yaponiyada taekvondo bo'yicha CHiba-2019 Gran-prisi davom etmoqda.
Musobaqaning oldingi ikki kunida Svetlana Osipova va Nigora Tursunqulova bronza medallari ega chiqishdi. Gran-prining so'nggi uchinchi kunida o'zbekistonlik Nikita Rafalovich yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.
Rafalovich nimchorak finalda britaniyalik Damon Sansum bilan jang qildi. Uchta raundda 4:4 hisobi qayd etilgach g'olibni aniqlash uchun 4-raund o'tkazildi. Unda Rafalovich 2 ochko oldi va keyingi bosqichga yo'l oldi. CHorak finalda Nikita rossiyalik Anton Kotkov bilan to'qnash keladi.
Bundan oldin o'zbekistonlik sportchi 1/16 finalda taypeilik Liu Vey Tingni 10:5 hisobida mag'lub etgandi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar