So’nggi yangiliklar

18:30Эдсон Барбоза фаолиятини якунлади 0 17:53"Богданда босим бор эди". Маҳмуд Мурадов Гусковнинг Анкалаев билан жанги ҳақида гапирди 0 17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0

11 iyu 07:27
Yangiliklar

Tadbirlar

CHim ustida xokkey. Pokiston delegaciyasi vakillari O'zbekistonda

SHu kunlarda chim ustida xokkey bo'yicha Pokiston yoshlar terma jamoasi O'zbekistonda bo'lib turibdi.

CHim ustida xokkey bo'yicha qitamizning etakchi terma jamoalaridan biri bo'lgan pokistonliklar yurtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlari va bir necha o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishdi. 

Jumladan, Andijonda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 9:7 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi bahsda esa vakillarimiz 8:4 hisobida ustun kelishdi. O'zaro uchinchi nazorat o'yinida hamyurtlarimiz 5:2 hisobida zafar quchishdi. Samarqandda o'tkazilgan o'yinda esa Pokiston terma jamoasi 4:2 hisobida g'olib bo'ldi.

Pokiston chim ustida xokkey federaciyasi vakillari Milliy olimpiya qo'mitasida mehmon bo'lishdi. Tashkilot bosh kotibi Abdulatif SHax, terma jamoa menejeri Ramzan Jamali va bosh murabbiy Mister Sabrlarni Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov kutib oldi.

Uchrashuv davomida tomonlar sportning ushbu turi bo'yicha hamkorlik qilish, halqaro aloqalarni mustahkamlash borasida so'z yuritishdi. MOQ bosh kotibi fursatdan foydalanib pokistonlik malakali murabbiylarni O'zbekistonga taklif qildi.

Malumot uchun, Pokiston sportning chim ustida xokkey turi bo'yicha kattagina tajribaga ega. Terma jamoa Olimpiya o'yinlarida uchta oltin, uchta kumush va ikkita bronza medalini qo'lga kiritgan. SHuningdek, Pokiston terma jamoasi 4 karra jahon chempioni, 8 karra Osiyo o'yinlari g'olibi hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing