18 fev 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/205460_220.jpg)
CHimaev Adesanya bilan jang qilmoqchi: "U o'lishga tayyor emas"
SHveciyalik jangchi Xamzat CHimaev engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Genri Sexudoning so'zlariga munosabat bildirdi.
Genri avvalroq Xamzat va o'rta vazn toifasidagi chempion Israel Adesanya o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirgan edi.
"Agar Adesanya uni mag'lub eta olsa, men kechirim so'rayman. Ammo, bu jang amalga oshsa, men Xamzatni tanlayman. CHimaev butunlay boshqa dunyo", - degan edi Sexudo.
"Sexudo, u o'lishga tayyor emas", - deya javob berdi CHimaev o'zining Twitter sahifasida.
Avvalroq, CHimaev yarim o'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Kamaru Usman va ikki vaznda sobiq chempion Jorj Sen-Perga ham gapirgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar