28 okt 16:30
Yangiliklar
CHimaev bilan jangda jag'i singan Uittaker mag'lubiyatiga izoh berdi
Avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi uch daqiqadan sal ko'proq vaqt mobaynida Xamzat CHimaevga qarshilik ko'rsata olgandi. Uning davogarlar jangida jag'i singari haqida xabarlar chiqqan, holat aks etgan suratni sobiq ikki vazn chempioni Daniel Korme o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagandi. Uittaker bu yolg'on malumot ekanini takidladi.
"Hammaga qo'llab-quvvatlaganingiz va muhabbatingiz uchun rahmat aytmoqchiman. Bazida shunday ham bo'lib turadi. Bu bizning ishimiz. Xamzatni g'alaba bilan tabriklayman. U bu oqshomda kuchli edi. O'zimni juda yaxshi his qilayotgandim, hammasi joyida edi. CHag'im ham joyida. Lekin tan olaman, tishlarimga shikast etdi. Ha, hozir tushkun kayfiyatdaman. Ammo kuchli bo'lib qaytishga o'zimda kuch topa olaman. Oilam bilan birmuncha vaqt o'tkazib, yana ovga qaytaman", - dedi Uittaker.
Fikrlar