So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

14 iyu 11:23
Yangiliklar

Sport kurashlari

CHimaev, Carukyan, Toni Fergyuson "jang" qilgan RAF 10 turnirining barcha natijalari

Xabaringiz bor, bugun tong saharda AQSHning Sent-Luis shahrida erkin kurash bo'yicha RAF 10 turniri bo'lib o'tdi.

Etiborlisi, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari sovrindori Bekzod Abdurahmonov dunyoning yulduz erkin hamda aralash yakkakurash ustalari ishtirok etayotgan RAF ligasidagi debyut bellashuvini muvaffaqiyatsiz o'tkazdi. Hamyurtimiz turnir kardida Kigan O'Tulga 6-10 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

RAF 10 turnirining asosiy bellashuvi oraliq vaznda o'tkazildi va unda sobiq UFC chempioni Xamzat CHimaev Dillon Denisga qarshi gilamga chiqdi. BAA sharafini himoya qilayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi birinchi bo'limning o'zidayoq raqibining oyog'ini ushlab oldi, parterga o'tkazdi va tushe, yani sof g'alaba bilan bellashuvni o'z foydasiga hal qildi. Bu Xamzatning ligadagi debyut g'alabasi, Denisning esa ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bahs yakuniga etishi bilan gilamda ommaviy mushtlashuv yuzaga keldi.   

Ahamiyati jihatidan ikkinchi muhim jangda amaldagi va sobiq UFC jangchilari Arman Carukyan hamda Toni Fergyuson o'zaro kurash gilamida to'qnash keldi. Ketma-ket ballarni jamg'argan Arman ikkinchi bo'limda hisobni 10:0 ko'rinishiga keltirdi va muddatidan avval texnik g'alabani qo'lga kiritdi. 


RAF 10 turniri janglari natijalari:

Xamzat CHimaev Dillon Denisni tushe, yani parterda ushlash evaziga muddatidan avval mag'lub etdi

Arman Carukyan Toni Fergyusonni muddatidan avval texnik ustunlik evaziga engdi (10-0)

Aaron Piko Lens Palmerni texnik ustunlik evaziga taslim etdi (12-1)

Lusiya Yepes raqibasi Kendra Rayandan texnik ustunlik hisobiga ustun keldi (13-2) – Yepes ayollar minimal vazn toifasida vaqtinchalik RAF kamarini qo'lga kiritdi

Ostin DeSanto Reyneri Andreuni kichik ustun bilan mag'lubiyatga uchratdi (2-1) – bellashuvda o'ta engil vaznda RAF kamari uchun kechdi

Rizabek Aytmuxan Xeyden Zillmerni ochkolar bo'yicha yutdi (6-4)

Sebastyan Rivera Xadji Alievni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (9-5)

Kigan O'Tul Bekzod Abdurahmonovdan ustun keldi (10-6)

Endryu Aliriz Jeydin Ayermanni mag'lub etdi (5-3)

SHamil SHaripov Yonger Bastiddan ustun ekanini isbotladi (5-3)

Arsen Arutyunyan Kaleb Smitni texnik ustunlik evaziga muddatidan oldin yutdi (14-4)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing