31 dek 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev - Edvards jangining bekor bo'lish sabablari malum
Xabaringiz bor, 20 yanvar kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da 2021 yildan o'rin olgan ilk raqamlangan UFC turniri o'tkaziladi.
Ushbu oqshomning markaziy jangi Xamzat CHimaev hamda Leon Edvards o'rtasida bo'lib o'tishi lozim edi. Lekin ikki kun avval CHimaev - Edvards jangining o'tkazilmasligi elon qilindi.
Malum qilinishicha, bunga CHimaevda aniqlangan koronavirus sabab bo'lgan. Bu haqida uning menejeri Ali Abdel-Aziz xabar berdi.
"Xamzatda bir muddat avval koronavirus infekciyasi aniqlangan edi. U kasallikdan forig' bo'lib, mashg'ulotlarga ham qaytgandi. Afsuski, yuz foizga tuzalmagan ekan. Endi unga vaqt kerak. SHu sababdan ham jangni kechroq muddatga qoldirishga majbur bo'ldik", — deya Ali Abdel-Azizning so'zlarini keltirmoqda MMAJunkie.
Havola :
Fikrlar