04 apr 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev: "Konorni topmoqchi bo'lganman, lekin meni hibsga olishgan"
UFC jangchisi Xamzat CHimaev Konor bilan mashg'ulot qilishni istagani, lekin uni Britaniyada hibsga olishgani haqida gapirib berdi.
- Sen Konorni topish uchun Irlandiyaga borganmisan? (Xabib bilan jang oldidan)
- Uni qidirmaganman. Men Konor bilan sparring qilgan chechen yigitini ko'rgandim. Keyin esa surat joylashtirgan. Do'stlarim menga Konor bilan sparringni taklif qilishgan. Men uchib borganman. Lekin topa olmaganman.
- Uning zaliga qanday qilib borgansan?
- Yo'q, meni qo'yishmagan. Meni aeroportda hibsga olishgan va uyga qaytarib yuborishgan. Menimcha boshqa kimdir bilan adashtirishgan. Keyin esa Britaniya rasmiylari menga xat yuborib, istalgan paytda mamlakatga borishim mumkinligini yozishgan", - dedi CHimaev.
Havola :
Manba : Azamat chef
Fikrlar