08 apr 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev: "Menga titul kerak. Agar xohlasam, Usman va Edvardsni bir kechada mag'lub etaman"
Asli kelib chiqishi chechenistonlik shved jangchisi Xamzat CHimaev Kamaru Usman va Leon Edvards haqida gapirib, ularni bir kechada mag'lub eta olishini aytdi.
"Men allaqachon chempionman. Bu jangchilar har doim men bilan jang qilmaslik uchun bahona topadilar. Agar men hammani mag'lub qilsam, ular menga titul berishlari kerak. Keyingisi kim bo'ladi? Menga baribir.
Agar ular Usman va Edvards o'rtasida jang o'tkazsa, kimdir qiziqadimi? Menimcha, yo'q. Dana Uayt bu jangni o'tkazishni xohlaydi. Leon Edvards — bu yigitni hech kim tanimaydi, Usman ham shunday. Hamma mening chempionlik jangimni ko'rishni xohlaydi. Menga bu kerak. Agar xohlasam, ikkovini bir kechada mag'lub etaman", - deya CHimaevning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar