09 fev 21:37
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev million qo'ydi: kim "Borz"ning "vyzov"ini qabul qiladi?
O'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun davogar Xamzat CHimaev o'ziga ishonchi yuqoriligidan garov bog'lamoqchi.
Yaqindagina BAA fuqaroligini rasman qabul qilgan Xamzat o'zining kurash va grepplingiga ishonchidan, o'zini kim mashg'ulotda taslim bo'lishga majbur eta olsa, million rubl berishini aytdi.
"Kim og'ritish usuli bilan meni gilamda taslim eta olsa, million rubl mukofot puli beraman. Hozircha bunday mard kurashchini ko'rmadim. Yosh bolalar bilan ahmoqona kurashayotgan paytimdagina bo'ynimni berib qo'yib, yutqazgan bo'lmasam, boshqa vaziyatda gilamda g'alaba bilan chiqib ketganman. Takror aytaman, grepplingda meni yutmoqchi bo'lganlarni zalda kutaman", - dedi "Borz" Krasnodarda o'tgan ACA 183 turniri doirasidagi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar