03 may 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev o'zini psixopat deb atagan Mayk Taysonning so'zlariga munosabat bildirdi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev boks bo'yicha og'ir vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Taysonning so'zlariga izoh berdi.
Avvalroq Tayson Xamzat haqida: "Yo'q, uning Gilbert Byorns bilan jangini ko'rmadim, lekin bu yigitda qandaydir muammolar borligini bilaman. U yaxshi yigitdek ko'ringani bilan, qaysidir manoda psixopat", - degandi.
"Ana xolos. Oddiy bir do'stimdan psixopat ekanligimni eshitdim. Bularning barchasini ham kuzata olmayman, sababi YouTubeda o'z yuzimni ko'raverish jonga tegdi. WhatsAppdan foydalanaman, qo'ng'iroq qilaman. Bazan yigitlarni qanday masxara qilishimizni hikoya qilaman. Menejerim homiylik ishlarini shunday boshqaradi", - dedi CHimaev Hustle MMA YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar