04 jan 15:19
Yangiliklar
Boks/MMA

CHimaev UFC prezidentini Grozniyga taklif qildi
UFC jangchisi Xamzat CHimaev shu kunlarda o'zi tug'ilib o'sgan CHechenistonda bo'lib turibdi.
O'tgan mavsum kashfiyotiga aylangan CHimaev UFC promousheni prezidenti Dena Uaytni Grozniyga olib kelmoqchi.
"Hozircha bunga ulgurmadim. Lekin yaqin kunlarda bu rejani amalga oshiraman", — dedi CHimaev.
Eslatib o'tamiz, Xamzat CHimaev 2020 yilda UFC promoushenida debyut qilgan va bir oy ichida uchta jangda ishtirok etib, rekord o'rnatgandi. U shu uchta jangida ikkitagina zarba o'tkazib yuborib, o'zi 200 dan ziyod zarba yo'llay olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar