19 jan 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA
CHimaev va Maxachev o'rtasidagi jangni ko'rishni istashyapti
Bu yil o'tkaziladigan qiziqarli janglar orasida Xamzat CHimaev va Islam Maxachev o'rtasidagi to'qnashuvni ko'rish qiziqarli bo'ladi deyishyapti.
Bu so'zlar og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun sobiq davogar amerikalik Derrik Lyuisga tegishli. U 2026 yilda 84 kg gacha bo'lgan vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, BAA vakili 31 yoshli Xamzat CHimaev va yarim o'rta vaznda chempionlik kamari sohibi rossiyalik Islam Maxachev o'rtasidagi jangni ko'rishni istashini aytdi.
— 2026 yilda ko'rishni istagan bitta jangingizni ayting, hatto u fantastika toifasiga kirsa ham.
— SHunday... Xamzat CHimaevning rossiyalik chempion bilan jangini ko'rishni istardim...
— Islam Maxachevmi?
— Ha, men ularning qanday jang qilishini ko'rishni istardim, bu ajoyib bo'lardi, - deya Lyuisning so'zlarini keltiradi TNT Sport telekanali.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar