So’nggi yangiliklar

12:14Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 11:53UFC янги бонуслар тизимини амалиётга киритди 0 11:32UFC 324 турнирининг барча натижалари битта хабарда: Гэтжи иккинчи бор вақтинчалик чемпион! 0 11:11Tata Steel Chess 2026. Пешқадам Абдусатторовда тўртинчи ғалаба, Синдаров ҳамон 2-ўринда! 0 10:50Фабио Каннаваро: "Бу йиғин чемпионатдаги барча футболчиларга сигнал бўлиши керак" 0 10:29UFC 324. Йилнинг илк чемпионлик жангида Гэтжи ғалабага эришди 0 09:58Маҳмуд Мурадов бир кунда учта рақибга қарши жанг қилиб, ғалаба қозонди! 0 09:35UFC 324. Co-main event'да Шон О'Мэлли хитойлик рақибини мағлуб этди 0 09:25U-23 ОСИЁ КУБОГИ. ЯПОНИЯ — ЧЕМПИОН! Хитой финалда тор-мор этилди 0 09:02Кортес Акоста Деррик Льюисни нокаутга учратди 0 08:42UFC 324. Роуз Намаюнасни таслим этишди 0 08:20Исроил Мадримов иштирокидаги жанг тўлиқ давом этди 0 07:55UFC 324. Асосий карднинг илк жанги тўлиқ давом этди 0 07:17Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди 0 06:56UFC 324. Умар Нурмагомедов собиқ чемпионни мағлуб этди 0

29 jan 18:01
Yangiliklar

Boks/MMA

CHimaev - yangi Konor. Nima uchun "Borz" irlandiyalikka juda o'xshaydi va uning asosiy kamchiligi nimada?

Xamzat CHimaev rostdan ham Konor Makgregordek bo'la oladimi?

Xamzatni Makgregorga qiyoslashadi, ammo yangi bosqichga chiqish uchun yana bir qadam kerak.

Xamzat CHimaev UFC'ga ajoyib tarzda kirib keldi va shu zahotiyoq istedodlarni tez ilg'aydigan tashkilot rahbari Dana Uaytning etiborini tortdi. Birinchi jangda Borz Josh Fillipsni mag'lub etdi. Oradan atigi 10 kun o'tib u o'z muvaffaqiyatini takrorladi - liga debyutanti Ris Makki Xamzat bilan to'qnash keldi.

Dahshatli Borz oktagondan tashqarida to'g'ri taktikani tanladi: boshidanoq u intervyularni o'tkazib yubormadi, jangga bo'lgan muhabbati va deyarli har hafta oktagonga kirishga tayyorligini takrorlardi. Va shuni takidlash kerakki, u o'z so'zida turdi.

«Hozir hamma men haqimda gapiryapti, ijtimoiy tarmoqlarda hamma meni kuzatmoqda. Men UFC'dagi eng katta yulduzman deb o'ylayman. Ularga pul keltiraman, o'zimga ham pul topaman», - degan gapni o'shanda faqatgina Xamzatdan eshitish mumkin edi.

Konor Makgregor bilan o'xshashlik  darhol o'zini namoyon qildi. Xuddi shu jasorat, bozor qonunlarini tushunish nafaqat oktagonda, balki media sohasida ham ishlaydi. 2021 yil oxirida Belal Muhammad CHimaev haqida shunday degan edi: «To'g'risini aytsam, Xamzat ayni damda katta nomga ega bo'lgan yigitlardan biri. U shov-shuvli yulduz. Konor Makgregor atrofida shunday ajiotaj bor edi. Siz diviziondagi boshqa birini mag'lub etgandan ko'ra, uni mag'lub etsangiz ko'proq narsaga ega bo'lasiz. Xamzatni enggan odam yulduz maqomiga ega bo'ladi».

Dananing o'zi Xamzat va Konor o'rtasida o'xshashlik yaratdi: «U Konor kabi tez ko'tarildi. Xamzat xuddi kosmik raketaga o'xshaydi. Uning bir necha million obunachilari bor».

Birozdan keyin Uaytdan kim UFC uchun Makgregor kabi ahamiyatga ega bo'lishi mumkinligi so'ralganida, prezident ikki marta o'ylamasdan shunday dedi: «Menimcha, Xamzat CHimaev buni uddalay oladi. Lekin, albatta, hammasini vaqt ko'rsatadi...»

Lekin unda ham bitta kamchilik bor. Har holda, MMA olamidagi taniqli va hurmatli hakam, ko'p janglarni ko'rgan Jon Makkarti shunday o'ylaydi: «Xamzat haqiqiy yirtqich hayvon. Ayniqsa, birinchi raundlarda ajoyib kurash ko'rsatadi. Buni to'xtata oladiganlar bor, lekin u hukmronlik qila boshlaganida, uni to'xtatib bo'lmaydi, chunki u doim raqiblariga bosim o'tkazib, og'ir zarbalar beradi. Biroq, u charchaydi. Men uni «stoyka»da raqibini mag'lub etgan Konor Makgregorga qiyoslagan bo'lardim, biroq birinchi raunddan o'tganingizdan so'ng u ikkinchi va uchinchi raundlarda butunlay boshqacha jangchiga aylanadi. Xamzat o'zining kamchiligini fosh qildi – u jangning borishini nazorat qilishni, kuchini to'g'ri taqsimlashni bilmaydi».

Tan olishimiz kerak, bu qiziqarli va mantiqiy taqqoslash. CHimaevning UFC'dagi dastlabki to'rtta jangiga nazar tashlasak, haqiqiy monstrdek harakat qilgan. Xamzat raqiblarini tezda mag'lub etdi, ularga birorta ham imkoniyat qoldirmadi... Boz ustiga, oktagonga birinchi to'rtta kirishda Borz bor-yo'g'i ikkita zarbani o'tkazib yubordi, ulardan faqat bittasi xavfli deb topildi.

Makgregor ham boshida ikkilanmadi va Dana Uayt ligasi doirasidagi birinchi jangda raqibi Markus Brimeyjga bir daqiqadan sal ko'proq vaqt berdi. Keyinchalik, irlandiyalik faqat birinchi va ikkinchi raundlarda g'alaba qozondi, Maks Xollouey bilan to'qnashuv va Neyt Diaz bilan afsonaviy besh raundlik jang bundan mustasno. Mag'lubiyatlar, albatta, hisobga olinmaydi.


Ularning ikkalasini ham hech kim to'xtata olmadi. Lekin hech narsa abadiy davom etmaydi. Va ertami-kechmi, ularga qarshi tura oladiganlar topila boshlandi, jang raundlari cho'zildi. Xavfli Gilbert Byorns va vazn toifasidan qati nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida so'nggi peshqadam Kamaru Usman bilan jangdagi g'alabalar juda qimmatli. Ammo jiddiy sinovdan so'ng  Borz o'zining asosiy «kozir»i - birinchi jangdanoq raqiblari ustidan nazoratni ushlab, o'zining daxlsiz qolish hisini yo'qotdi. Endi u haqiqatdan ham yo'q.

Ammo bu tufayli tushkunlikka tushmasligingiz kerak. Xamzat yo'qotmagan asosiy jihat – muxlislar mehr-muhabbati va liga boshliqlarining hurmati bo'ldi. Makgregor bilan solishtirish iltifot deb hisoblanishi mumkin. Negaki, bugungi kunda ham Konorni ko'pchilik liganing asosiy boyligi deb biladi va unga qiziqish ortib bormoqda. CHimaev endi faqatgina jang paytidagi yukni to'g'ri taqsimlash va jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish ustida ishlashi kerak. Keyin esa u Makgregor misolida, chempionlik uchun kurashish imkoniyatini uzoq kutmaydi. Xamzat undan to'g'ri foydalanishi kerak bo'ladi.


Xorijiy saytlar asosida Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing