12 noy 11:55
Yangiliklar

CHimaevni "shishirilgan jangchi" deb atashdi
"Ishonchim komil, Xamzat CHimaev — suniy ravishda shishirilgan jangchi. Mening rekordim 9-0 bo'lgan. Men UFC`dagi janglarimning birida raqibimni 8 soniya ichida nokautga uchratganman. Undagi rekord menda ham bor, hatto ortig'i bilan", — deya Leon Edvardsning so'zlarini keltirmoqda ESPN.
Avvalroq UFC prezidenti Dena Uayt CHimaev - Edvards jangi yuzasidan kelishuvga erishilganini aytgan edi. Hozircha jangning aniq sanasi malum emas. Katta ehtimol bilan ushbu to'qnashuv 19 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ayrim internet nashrlarida jang uchun poster ham chop etilgan.
Malumot uchun, Xamzat MMAda 9 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. UFC promoushenida esa 3 ta jangning barchasini muddatidan avval o'z foydasiga hal qilgan.
Fikrlar