So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

22 noy 13:13
Yangiliklar

Tadbirlar, Futbol

CHirchiq pedagogika institutida “Institut kubogi” o'tkazildi FOTOGALEEYA

CHirchiq davlat pedagogika institutining futbol maydonida mini-futbol bo'yicha “Institut kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili munosabati bilan shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5368-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida o'tkazilayotgan bunday sport bellashuvlaritalaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni yanada keng ommalashtirish, sport turlari bo'yicha institut terma jamoalariga munosib nomzodlarni aniqlashdan iborat.

Mini-futbol bo'yicha o'tkazilgan mazkur “Institut kubogi” musobaqasi ham talaba-yoshlarning sportga, xususan, futbolga bo'lgan qiziqish va intilishini kuchaytirishida, g'alabaga bo'lgan ishtiyoqning oshishida xizmat qilishi tayin.

Uch kun davom etgan murosasiz bellashuvlarning yakuniy natijasiga ko'ra, “Jismoniy madaniyat” yo'nalishida tahsil olayotgan talaba-sportchilar faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. 

Ikkinchi o'rin “Informatika o'qitish metodikasi” talim yo'nalishi talabalariga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni “Pedagogika va psixologiya” talim yo'nalishi jamoasi egalladi. 

Belashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindor jamoalar diplom, esdalik sovg'alari va Kubok bilan mukofotlanishdi. 

Telman OCHILOV, “Jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri: 

- Albatta, bunday sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etishimizdan ko'zlangan maqsad - talabalarimizni sportga oshno etish, sport turlarida istedodli yigit-qizlarimizni erta aniqlab, terma jamoalarimizga jalb etish va oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tkaziladigan turli bellashuvlarda kuchlilar qatoridan joy olish. 

Institutmiz rektori G'ofirjon Muhamedov rahbarligida jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish borasida dastur-reja va vazifalar belgilangan va shu asosida sport tadbirlari, turli musobaqlar o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Aziz SHadiev, Abduhakim Jumev, Farhod Nurmatov, Fozil Atabekov kabi “Jismoniy madaniyat” kafedrasining tajribali o'qituvchilarimizning maqsadi ham institutimizning sportdagi salohiyatini yuqori darajaga ko'tarish yo'lida doim izlanishda.   

Alisher SULTONOV, CHirchiq davlat pedagogika instituti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o'qituvchisi. 

Joriy yil senyatbr oyida birinchi bosqich talabalarimiz o'rtasida spartakiadani o'tkazilishi, o'qituvchi-murabbiylar o'rtasida o'tayotgan sport bellashuvlari, har oyda bir marta yo'nalishlararo sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilishi, talabalarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun voleybol, mini-futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, qo'l to'pi, kurash singari sport to'garaklarining yo'lga qo'yilganligi, ertalabki badantarbiya mashqlarining tobora ommalashayotgani – bularning barchasi sog'lom turmush tarzining targ'ibotiga kiradi, deb o'ylayman. Zero, sog'lom turmush tarzi – salomatlik garovi, manaviy barkamollik namunasi ekanligi allaqachon isbotlangan. 

Ilhom RAHMONOV o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing