So’nggi yangiliklar

13:18Усикнинг жамоасида камарларни эгасиз қолдириш қарорини изоҳлади 0 12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0

13 sen 16:44
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiqda festival o'tkazildi FOTOGALEREYA

CHirchiq shahrida O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tashabbusi bilan “Biz vatanparvarlarmiz!” shiori ostida manaviyg'marifiy va sport targ'iboti festivali bo'lib o'tdi.

Yoshlar o'rtasida harbiy vatanparvarlik targ'iboti, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish orqali sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda “Vatanparvar” tashkilotining asosiy faoliyat turlaridan bo'lgan avtomototransport haydovchilari tayyorlash borasidagi ishlarni targ'ib etish, mamlakatimizda sportning ommaviyligini oshirish kabi ezgu-maqadlarni ko'zlagan mazkur festival dastlab, CHirchiq shahri ko'chalari bo'ylab O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi tashkilotlarning o'quv avtomobillari karvonining harakatlanishi bilan boshlandi. 

SHundan so'ng, besh kilometr masofaga yugurish marofoni tashkil etildi. Marafonda umumiy o'rta talim maktabi, kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, CHirchiq davlat pedagogika institutining sport va chaqiriqqacha harbiy talim fakulteti, jismoniy madaniyat kafedarasi, fakultetlararo jismoniy tarbiya kafedrasi o'qituvchilari va talabalari, CHirchiq oliy tank qo'mondon-muhandislik bilib yurti kursantlari hamda mahallalarda istiqomat qilayotgan uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. 

Marraga birinchilardan bo'lib etib kelgan ishtirokchilar “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashining sport majmuasida munosib taqdirlandi. CHirchiq oliy tank qo'mondon-muhandislik bilib yurti kursantlari tomonidan harbiy orkestrlar sadosi ostida saf yurishlari va qo'l jangi bo'yicha ko'rgazmali chiqishlari, kinologlarning xizmat itlari bilan amalga oshirgan turli usuldagi mashqlarni bajarishi festivalga o'zgacha ko'taringkilik bag'ishladi. 

SHuningdek, festival ishtirokchilari yozgi biatlon bo'yicha viloyat birinchiligi bellashuvlariga ham guvoh bo'lishdi. Kunning ikkinchi yarmida esa CHirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyida sportning karting, motokross, avia va raketa model kabi texnik va amaliy turlaridan ko'rgazmalar, taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida “Siz sevgan qaxramonlar” mavzusida uchrashuvlar bo'lib o'tdi. 

Bundan tashqari, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi sohasida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, umumtalim maktablarining yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash bo'yicha o'qituvchilariga metodik yordam ko'rsatishga mo'ljallangan “Yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi” kitobining taqdimoti o'tkazildi. 

Festival doirasida CHirchiq davlat pedagogika instituti hamda “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi memorandum ham imzolandi.       

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing