So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

21 noy 15:10
Yangiliklar

Tadbirlar

CHirchiqda salomatlik sari 5000 qadam FOTOREPORTAJ

Bugun 21 noyabr kuni erta tongdan CHirchiq shahri markazidagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyi oldida jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng targ'ib etish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sport tadbiri bo'lib o'tdi.

CHirchiq shahar hokimligi, shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda CHirchiq shahar hokimi va sektor rahbarlari, CHirchiqdagi oliy talim muassasalari o'qituvchi va talabalari, Milliy gvardiyaning CHirchiq shahar 98157-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari, CHirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari, CHirchiq shahridagi 48238-harbiy qism askarlari, xalq talimi va maktabgacha talim bo'limi o'qituvchi va tarbiyachilari, CHirchiq olimpiya zaxiralari kolleji, bolalar-o'smirlar sport maktabi trenerlari hamda boshqa turli tashkilot va korxonalarning xodimlari ishtirok etishdi.  

Etiborlisi, ushbu tadbirni yanada ko'taringki ruhda o'tishini taminlash maqsadida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Toshpo'lat Matkarimov ham taklif etildi. Dastlab, taniqli xushovoz xonanda T. Matkarimov ijrosidagi sho'x kuy-qo'shiqlar badantarbiya mashqlarini bajarishga kirishgan ishtirokchilarga o'zgacha xushkayfiyat bag'ishladi. SHundan so'ng barcha ishtirokchilar shahar ko'chalari bo'ylab belgilangan 5000 metrli masofani bosib o'tishdi. 

CHirchiq shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Olimjon Muqimovning takidlashicha,  ushbu sport tadbirini o'tkazish annaga aylanib ulgurgan. Boisi, haftaning har shanba kuni xuddi shu tarzda tashkil etilayotgan salomatlik tadbiri  aholining sportga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi, ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaruvchilar soni ko'payadi. Bu esa har bir oilada sog'lom turmush tarzi shakllanishiga xizmat qiladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi      

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing