So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

07 may 19:13
Yangiliklar

Tadbirlar

CHiroqchida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ezozlandi FOTO

9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan davlat va jamoat tashkilotlari, yoshlar tomonidan bugungi tinch va osuda hayotimiz uchun ko'ksini qalqon qilib, fashizmga qarshi mardonavor jang qilgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, frontorti mehnat faxriylari, nuroniy ota-onalarning holidan xabar olinib, ularga mehr-muruvvat ko'rsatilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi mutasaddilari, 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi murabbiylari, sportchi-o'quvchilar, yosh chempionlar tumanda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari - 98 yoshli Jo'ra bobo Yodgorov, 100 yoshli Eshmirza bobo Ochilov, 98 yoshli Abdixoliq Boymirov hamda 98 yoshli Ergash bobo Beknazarovlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularga alohida hurmat-ehtirom ko'rsatishdi, sovg'a-salomlar bilan dillarini xushnud etishdi. 

O'z navbatida urush ishtirokchilari ham keksa avlod vakillarini ezozlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, yuksak etibor va g'amxo'rlikdan mamnun ekanligi va bunday xayrli ezgu-amallar yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, Yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida voyaga etkazishga xizmat qilishini alohida takidlashdi. 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing