So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

11 may 10:52
Yangiliklar

Tadbirlar

CHiroqchida Xotira va qadrlash kuniga tadbirlar o'tkazildi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng jamoatchilik, korxona va tashkilotlar tomonidan yoshi ulug' nuroniylar holidan xabar olinib, etibor va g'amxo'rlik ko'rsatilmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi CHiroqchi tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda  tuman 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi jamoalari ham, urush qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan bobo-buvilarimizning xonadonlarida bo'lib, bayram bilan samimiy qutlashdi. 

SHu tumanda tug'ilib voyaga etgan, umrini sportga, xususan milliy sport turlarimizdan bo'lgan kurashga bag'shida etgan, o'nlab Osiyo hamda jahon chempionati g'olib va sovrindorlarini tayyorlagan, hali hamon o'zining kurash klubida o'g'il-qizlarga uztozlik qilib kelayotgan 80 yoshli Abdurashid polvon Mirzaevning xonadoniga tashrif buyurib, esdalik sovg'alari topshirishdi. 

Bunday etirofdan shodlangan polvon bobo hali yana uzoq yillar qishloq bolalarini sportga jalb etib, mamlakat terma jamoalari safini munosib nomzodlar bilan boyitib borishni bot-bot takidladi. 

SHuningdek, 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan CHiroqchi tuman 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida futbol bo'yicha tuman yoshlari o'rtasida xotira turniri ham tashkil etildi. 

Mazkur xotira turniri ushbu BO'SMda faoliyat ko'rsatgan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga, xususan bolalar futbolini rivojlantirishda fidoyilik bilan mehnat qilgan, BO'SMning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari sifatida faoliyat ko'rsatgan To'lqin Ismoilovning yorqin xotirasi uchun o'tkazildi. 

Tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur xotira turnirida dastlab, sport bo'limi, BO'SM jamoasi va sportchi o'quvchilar T. Ismoilov xonadonida tashrif buyurishdi, yaqinlariga hamdardlik tilashib, esdalik sovg'alari ulashishdi. Futbol maydonida tadbir oldidan o'tganlar xotirasi uchun Quron tilovat qilinib, duoga qo'l ochishdi. 

SHundan so'ng 200 nafarga yaqin bolalar o'n ikkita  jamoaga bo'linib, g'oliblik uchun to'p surishdi. Keskin va murosasiz bahslar yakunida birinchi o'rinni tumandagi 1-umumiy o'rta talim maktabi jamoasi egalladi. Ikkinchi o'rin 37-maktab o'quvchilariga nasib etgan bo'lsa, uchinchi o'rinni 28-maktab o'quvchilari qo'lga kiritishdi.     

Bellashuvlar yakuniga etgach, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, 1-BO'SM tomonidan g'olib va sovrindor jamoalarga, marhumning oila azolari va yaqinlariga esdalik sovg'alari topshirildi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing