So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

22 dek 17:07
Yangiliklar

Velosport

CHorvoqda “Tour de Charwak Lake” xalqaro velopoygasi o'tkaziladi

Teglar :  Velosport
Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) prezidenti David Lapparten va Osiyo velosiped sporti konfederaciyasi (ASS) prezidenti Usama Ahmad Abdulloh al-SHafar boshchiligidagi delegaciya mamlakatimizga keldi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbarlari delegaciya vakillari bilan uchrashdi.

Mazkur sport turi bo'yicha 2018 yil Toshkent velotrekida Osiyo kubogi, 2019 yil shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionatini o'tkazish, velosportning Olimpiya turi hisoblangan “BMX” va “Mauntinbayk” yo'nalishlarida sportchi va murabbiylarning tajribasini oshirish maqsadida Toshkent viloyati hududida mazkur turlar uchun sport kompleksini (velodrom) qurishda amaliy yordam berish, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “CHorvoq” erkin turistik zonasini yaratish to'g'risidagi qarorga asoslangan holda mazkur hududda “Tour de Charwak Lake” xalqaro velopoygasi o'tkazilishini tashkil etish bo'yicha bo'yicha fikr almashildi.

Velosport turiga ko'rsatilayotgan etibor samarasida Tashkent City mintaqaviy velosiped klubiga asos solindi. Xalqaro velosipedchilar ittifoqi va Osiyo velosiped sporti konfederaciyasi yangidan tashkil etilgan Tashkent City mintaqaviy velosiped klubining xalqaro turnir va Gran-prilarda qatnashishida moddiy-texnik ko'mak hamda amaliy yordam berishi takidlandi.

Buning natijasida Tashkent City mintaqaviy velosiped klubi 2018 yil dunyoning sakkizta davlatida shosse va trek yo'nalishlari bo'yicha bo'lib o'tadigan 14 nufuzli musobaqada qatnashadigan bo'ldi.

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi, Osiyo velosiped sporti konfederaciyasi va O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi o'rtasida memorandum imzolandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing