18 dek 19:18
Yangiliklar
Tennis
Cicipas Abu-Dabi turnirining ikkinchi finalchisi
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o'tkazilayotgan ko'rgazmali turnirning ikkinchi finalchisiga aylandi.
Dunyoning to'rtinchi raketkasi 67 daqiqa davom etgan yarim final uchrashuvida reytingda o'zidan bir pog'ona yuqorida borayotgan norvegiyalik Kasper Ruudni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 6/2.
Cicipas o'zaro uchrashuvlarda umumiy hisobdagi g'alabasini mustahkamladi - 3:1. Greciyalik tennischi 10 ta eys zarbasini amalga oshirib, 4 ta breykka erishdi. Biron marta ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. U bugun bosh sovrin uchun bahsda rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar