21 avg 07:43
Yangiliklar
Cincinnati "Masters" g'olibini aniqlash uchun 230 daqiqa talab etildi FOTOGALEREYA
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning birinchi va ikkinchi raketkalari - ispaniyalik Karlos Alkaraz hamda serbiyalik Novak Jokovich o'zaro to'qnash kelishdi. Uch soatu 50 daqiqa davom etgan dramatik bahs yakunida tajribali Jokovich 5/7, 7/6(7), 7/6(4) hisoblarida g'alaba qozonib, bosh sovrin sohibiga aylandi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati ham tiklandi - 2:2. Jokovich 2, Alkaraz 11 ta eys zarbani amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham 5 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar esa Karlosda bittaga ko'proq bo'ldi - 4 ga 3!
Western & Southern turniridagi bir haftalik muvaffaqiyatli ishtirok Novak Jokovichga 1000 reyting ochkosi hamda 1,019,335 AQSH dollar miqdoridagi mukofot puli keltirdi.
Fikrlar