16 avg 09:08
Yangiliklar
Tennis

Cincinnati Open. Qozog'istonlik tennischi dunyoning birinchi raketkasini mag'lub etdi
AQSHning Cincinnati shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko chorak finalda yurishini to'xtatdi. Belaruslik tennis malikasi WTA reytingida 10-o'rinni egallab turgan qozog'istonlik Elena Ribakinaga deyarli qarshiliksiz imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1/6, 4/6.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida hamon Sobolenko oldinda bormoqda - 7:5. Etmish olti daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Ribakina esa 11 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala ishtirokchi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik qozoq tennischisi tomonida bo'ldi - 3 ga 0.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar