20 jan 13:11
Yangiliklar

Cobiq UFC chempioni Oleynikni oktagonga chorladi
Oleynik kecha tongda o'tkazilgan UFC 246 turnirida Moris Grinni mag'lubiyatga uchratgan edi. Alekseyning jangi Konor - Serrone oqshomi doirasida o'tkazilgandi.
"Aleksey, seni g'alaba bilan tabriklayman. Senga hurmatni saqlagan holda shuni aytishim kerak-ki, mening jiu-jitsuni o'zlashtirishim senikidan yaxshiroq. Ishonmasang, buni oktagonda tekshirib ko'ramiz. Sen mening UFCga qaytish oqshomimning maxsus mehmoni bo'lishing mumkin", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan Verdum.
Takidlash joiz, Verdum - Oleynik jangi 2018 yilning sentyabr oyida Moskvada o'tkazilishi kerak edi. Lekin jangga bir necha kun qolgan bir paytda Fabrisiuning organizmida taqiqlangan modda borligi aniqlangan va Verdum ikki yilga diskvalifikaciya qilingan edi.
Fikrlar