27 may 14:01
Yangiliklar
Sobiq UFC jangchisi Aleksey Oleynikni nokaut qilishdi
Rossiyalik og'ir vazn toifasi vakili Aleksey Oleynik kutilmaganda britaniyalik Oli Tompsonga nokaut evaziga mag'lub bo'ldi. Oleynik dunyoning eng kuchli ligasida 8 yil davomida jang o'tkazgandi. O'tgan yilning oktyabr oyida UFC rossiyalik jangchi bilan shartnomani uzaytirmadi.
Birinchi raundning ikkinchi daqiqasi yigirma sakkizinchi soniyasi o'tib borayotgan bir pallada Tompson o'ng tomondan bergan kuchli zarbasi bilan nomdor raqibini chuqur nokautga uchratdi. Oli ushbu g'alabasi evaziga tashkilotning chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Jang yakunlanganidan so'ng Tompson revansh haqida berilgan savolni javobsiz qoldirdi.
"Revansh masalasini ertaga muhokama qilamiz, bugun esa mening kunim", - dedi britaniyalik.
Fikrlar